Dilnura
Qodirjonova san’atimiz osmonida
porlagan yulduz edi. Yuksak va
jarangdor ovozi, ovozidagi ajib
ehtirosi ashulaga joziba bag`ishlar,
bir eshitgan kishi yana eshitsam
der, ammo eshitib to`ymasdi.
Dilnuraning
vafoti qalblarni larzaga soldi...
Undan yuraklarda dard va armon,
va haddi adosiga yetkazib ijro
etilgan mumtoz navolar qoldi.
“Ey sabo”, “Munojot”, “Qurbon
o`lam”, “Nasrulloyi”, “Samarqand
ushshog`i”, “Farg`onacha Shahnoz”,
“Feruz”, “Guluzorim”, “Bir kelib
keting”... yana qay birini aytay?!..
Umid va tasalli ulkim, bu taronalar
har bir o`zbek xonadonida jaranglab
yashayveradi. Ular barobarida
xonanda ham yashayveradi. Demak,
Dilnuraga o`lim yo`q.
Alloh
uni g`ariqi rahmat, shoyistayi
jannat aylasin. Quvvayi nafasini
farzandlariga ato etsin. Omiyn,
Rabbul olamiyn!
KIM EDI?
Do`stlar,
gulshan aro gulg`uncha xandon
kim edi?
Bizni mast etgan o`shal bulbul,
g`azalxon kim edi?
Bilmadim aslin, namanganlikmi
yo farg`onalik?
Ko`zlari jodu, ajab, zulfi
parishon kim edi?
Kuylasa har gal, u xonishdin
yuraklar suv bo`lib,
Nolish aylarkan, yana o`tlarga
solg`on kim edi?
Gar ovozin qo`ysa, to etgaydi
osmon avjiga,
Savti Ushshoqu Navo avjini
olg`on kim edi?
Sahnada gar bo`lsa paydo Sarviguldåk
qomati,
Poyiga gullar kelib, bir-bir
yiqilg`on kim edi?
Ko`ksida dard erdi har dam,
bo`ynida durdona ham,
Oshnosi ikki ul – chin birla
yolg`on, kim edi?
Ul
go`zal Dilnura erdi, ketdi
nogoh kuydirib,
Termulib bizdek yana yo`llarda
qolg`on kim edi?
O`zbekiston xalq
shoiri Jamol
Kamol
|
|