|
O'zbek
musiqachisi o'zini nega o'zbek musiqasiga ta’luqliligini
chuqurroq anglamoqchi bo'lsa, u avvolo o'zining
ijrosida o'bekonalikni ohangga aylantirib berayotgan
unsurlarini (element) imkon qadar ilg'ashi kerak.
Bu unsurlarga musiqamizdagi nola, bezak, qochirim,
pardalar, tovush qator va xokazolar kabi tushunchalar
kiradi. Musiqachi ijro vaqtida ushbu unsurlardan
son sanoqsiz holda foydalanadi. Lekin, har doim
ham o'zi “chizgan” ushbu musiqiy naqshni o'zi
aniq o'lchamga solib bera olmaydi. Har bir ijodkor
o'z ustida ishlar ekan, san’atning ana shu chuqur
olamlarigacha anglab yetish, eng noyob javharlarini
izlab topishga urinadi.
Quyida yozmoqchi bo'layotganlarimizham, mana shunday
izlanishlar natijasida ortirilgan amaliy tajribalarning
bir mahsulidir.
...Hind
musiqasi, arab musiqasi, turk yoki eron musiqalaridagi
nim, yo nimchorak pardalik tovush qatorlarni deyarlik
barcha musiqachilar anglab yetamiz, hatto bu pardalarda
mohirona ijrolar ham qila olamiz. Ammo,o'zimizning
musiqachi...? yuqorida aytib o'tilingan, bizni
uzoq yillar turli izlanishlarga undagan savol
ham aynan shu, mingafsuskim,bugungi musiqamizda
deyarlik yo'qolib ketayotgan - o'zimizning milliy
tovush qatorlardir.
Tovush
qatorlar boshqa sharq xalqlari musiqasida mavjud
bo'lgani kabi,bizning musiqamizda ham azaldan
mavjud bo'lgan.
Sharq
mutaffakirlari – Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali
Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy,
Abdurahmon Jomiyva boshqalarning bizgacha qolgan
manba’lardagi nazariy o'lchamlari bunga guvoh
bo'la oladi.Tovush tizimi xalqimiz musiqasida
avloddan avlodga turli tarixiy jarayonlar ta’sirida,
asrlar osha yetib kelgan va musiqamiz ohanglarining
o'zagi hisoblangan.
O'zingizga
ma’lumki, sobiq sovet tuzumi davrida,o'tgan asrning
30-yillaridan boshlab O'zbekistonda cholg'u sozlarini
qayta ishlash va ularning parda tizimini temperatsiya
qilish, ya’ni, ovro'pa tizimiga zo'rlab bo'ysundirilish
ishlari boshlanib ketganligi aynan ana shu, musiqamizning
nozik o'zagi bo'lmish, tovushqatorlarimizga jiddiy
shikast yetkaza oldi.Deyarlik barcha cholg'ularimiz
pardalari yevropa bir tekis temperatsiya qolipiga
tushirilib, musiqamizdan asil qolip olib tashlandi.
Ammo,ming shukrlarkim, ustozlarimizning bu yo'lda
qilgan fidokorliklari tufayli ulkan va boy musiqiy
me’rosimiz bizgacha yetib keldi.Biroq, ustozlarning
yo'llarini davom ettirmoq, bu kabi muammolarni
o'rganmoq bugungi kunda bizning burchimiz hisoblanadi.
Hozirgi
zamon esa, bunday muammolarni yetarlik darajada
o'rganish, uni umum jahon miqyosida tahlil etish
va buni natijasida ko'plab yangiliklar yaratishga
imkon berdi. Bizdan esa bugungi kunda bu bebaho
merosimizni yanada chuqurroq o'rganish, uning
ildizi,poydevori hisoblanmish tovush tizimini
har qanday zamon va tarixiy jarayonlar ta’siridan
beziyon qolgan shakllarini topib aniqlash va ularni
bugungi kunga moslashtirish,kelajak avlodga esa
sof va mukammal tarzda yetkazmoq kutib qolinadi.
Bu masalada
yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi sabog'i
ibratlidir: “Biz sog'lom avlodni tarbiyalash
voyaga yetkazishimiz kerak. Sog'lom kishi deganda
faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sharqona
axloq-odob va umumubashariy g'oyalar ruhida kamol
topgan insonni tushunamiz”.(I. Karimov
"Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch".)
Musiqiy
ijrochiligimizda og'zaki, ustoz - shogird ana'analari
orqalik shakllanib kelayotgan yo'nalish bor. Bu
maktab namoyondalari ijodlariga ko'pincha “yovvoyi
yo'l” , “erkin yo'l”, “o'zgacha uslub” deya e’tirof
etganliklarini guvohi bo'lamiz. tovush qatorimizningasil
ko'rinishi yozma manba’lar, cholg'u pardalari
bilanbirga mana shu maktabning ijro talqinida
qaysidir ma’noda yashab kelgan desak to'g'ri bo'ladi.
Bizga
plastikalar orqalik nodir yozuvlari qolgan - Domla
Halim Ibodov, Levi Bobohonov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov,
Mulla To'ychi Toshmuhamedov, ushbu maktabning
keyingi avlod vakillari - Yunus Rajabiy, Risqi
Rajabiy, Halima Nosirova, Jo'rahon Sultonov, Jo'rabek
Saidaliyev, Bobohon va Akmalhon So'fihonovlar,
Mamadaziz Niyozov, Turg'un Alimatov(1921-2008),
Orif Hotamov, (1925-2002), Rasulqori Mamadaliyev(1929-1976)
Fattohhon Mamadaliyev(1928-1999) va boshqa shular
kabi buyuk ustozlarning ijro yo'llaribu ishimizda
asosiy manba’ bo'la oladi. Biz mazkur ijrolardan
ijro talqinini alohida ajratib olib, tovush oraliqlarini
o'lchab ko'rsak, qadimiy - 17, 24 va undan ortiq
pog'onalik tovushqatorlarning shakllarini ilg'ab
olishimiz mumkin. Demak, o'sha vaqtda ustozlar
o'z ijrolarida asil tovush qatorlardan foydalanganlar.
Masalan, To'ychi hofiz ijro etgan “Bayot”lar,
“ko'cha bog'i”, “ushshoq” yoki H.Abdurasulov ijrosidagi
“beboqcha” “guluzorim” yoki Yunus Rajabiyning
o'z ijrolarida yozib olingan “Ko'cha bog'i” I-II,
“Ushshoq”, “Asiriy-adoiy”,”Chorgoh” ,Halima Nosirovaning
“ Mo'g'ulchai ushshoq”, “Dugoh husayniy” va boshqa
bir qator ijro etgan asarlari ushbu fikrimizga
guvoh bo'la oladi.Masalaning yana bir e’tiborlik
tarafi shundaki, yuqorida aytilgan ,biz tadqiqot
etayotgan maktab ijrochilarining qo'llarida asosan
tanbur cholg'usini ko'rishimiz mumkin. Mazkur
tanbur pardalarini chuqur o'rganib, o'lchab ko'rilsa
ham asil tovush qatorlar joylashuvi hususida ko'plab
fikrlarolishimiz mumkin bo'lar ekan.Bataxqiqki,
musiqamiz ijrochiligida tanbur cholg'usi asosiy
me’zonligi xatto hozirgi zamonda tanbur bilan
ijod qiluvchilarning fikrlarida ham qayd etiladi.
Aynan
tanburning pardalari tizimi ushbu tovush qatorlarni
maqom ladlariga bog'lab o'rganishimizga ham yordam
beradi.Bu borada I.Rajabovning “Maqomlar masalasiga
doir” kitobi qomusiy darajadadir. Ayniqsa,mazkur
manba’da 12 maqom ladlari, Shashmaqom shakllaridan
to tanbur pardalari qonuniyatlarigacha keltirilgan
qimmatli fikrlar bizning ishimizga rahnamo bo'lib
turadi.Ushbu manba’da o'sha davrlarda sharq musiqiy
nazariyasida qo'llanilgan musiqiy o'lcham birliklari,
ya’ni tovush –“nag'ma”, va ular oraliqlaridagi
intervallar –“bo'’d” deb atalishi. To'rt yo besh
pog'onalik tovushqatorlar mavjud bo'lib, ular
“jins” va ularning qo'shilishi “jam’” deb nomlanganligi
haqidagi ma’lumotlar diqqatga sazovordir.
Mazkur
o'lchamlar esa o'tmishda musiqashunos olimlar
tomonidan Ud cholg'usi pardalari asosida tushuntirilgan
deb aytiladi. Shashmaqomda esa to'rttalik yo beshtalik
tovushqator - jinslarni tanbur pardalari yordamida
tahlil etilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Hozirda
biz tomonimizdan bir necha tovush qatorlar huddi
shunday uslubda tadqiq etilmoqda.
Quyida
esa misol tariqasida aniqlangan tovush qatorlardan
birini “Ushshoq” jinsi misolida ko'rsatib o'tamiz.
Bizda “Ushshoq” nomi bilan ataluvchiashulalarimiz
bor. Ularning tovush qatori(jam’i) asosan ikki
tur jinslardan - Ushshoq to'rt tovushligi va Rost
besht tovushligidan tashkil topadi. Jinslar o'zaro,
ba’zan to'rttalik ketiga beshtalik,yo aksincha,
beshtalik ketiga to'rttalik ulanib keladi. Masalan
“Samarqand ushshog'i”da avval Ushshoq jinsi so'ng,
Rost jinsi, “Toshkent ushshog'i”da esa aksi, avval
Rost jinsi keyin Ushshoq jinsi joylashib kelganligini
ko'rishimiz mumkin.(shu kabi boshqa “Ushshoq”larda
ham) |