O`ZBEK :: ENGLISH    

KUTUBXONA

«An’analarni davom ettirgan holda…»
musiqiy loyihalar menejmenti
seminar-treningi
24-25 noyabr, 2012 yil, Toshkent

Gyote-institutining Toshkentdagi vakolatxonasi, Germaniyaning Alba Kultur tashkiloti va MumtozMusiqa.Uz internet loyihasi hamkorlikda Gyote-institutining “madaniyat va rivojlanish” tashabbusi asosidagi „Sharqiy Evropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasidagi madaniyat sohasi menejerlari salohiyat markazi“ loyihasi doirasida tashkillashtirilayotgan «An’analarni davom ettirgan holda…» nomli “musiqiy loyihalar menejmenti” seminar treningini e’lon qiladi.

Ushbu loyiha, O`zbekistonda milliy musiqa sohasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarga musiqa menejmenti borasida ma’lumot berish, sohadagi muhim jihatlar va zamonaviy tajriba bilan tanishtirish, ishtirokchilarning o`z shaxsiy loyihalarini ishlab chiqish va boshqarishlariga ko`maklashish maqsadida tashkillashtirilgan.

Birgit Ellinghaus
Seminar-trening mehmoni va treneri

 

Seminar ishtirokchilari:
• O`zbekiston hududidagi milliy musiqiy an’analarini saqlash;
• milliy musiqa an’analarini kelajak avlodga etkazishning zamonaviy usullari;
• jamiyatdagi milliy musiqa muhitini yanada rivojlantirish;
• O`zbekiston milliy musiqa merosini jahon sahnalarida munosib namoyish etish;
• mahalliy va xalqaro musiqiy hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish;
• mahalliy musiqa festivallarini tashkil etish;

kabi sohaga doir yana bir qancha muhim masalalarda jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Shu bilan birgalikda, trening ishtirokchilari dastur davomida o`zlari rejalashtirayotgan loyihalar ustida ish olib borish, kerakli ko`rsatmalar olishlari ham mumkin.


Photo: © ZAK / Felix Grunschloss  

Seminar treningga

Toshkent shahri,
Farg`ona,
Buxoro,
Samarqand,
Qashqadaryo,
Surxondaryo,
Xorazm viloyati va
Qoraqalpog`iston Respublikasidan


musiqa sohasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar, shuningdek musiqa va san’at oliygohlarining yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Seminar trening 2012 yil, 24-25-noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi. Trening o`zbek tilida olib boriladi.

Viloyatlardan tanlab olingan ishtirokchilarning Toshkent shahriga kelib-ketish sarf xarajatlari loyiha tashkilotchilari tomonidan qoplanadi. Toshkent shahrida yashash masalasini esa ishtirokchilar o`zlari hal qilishlari lozim.

Seminar treningda ishtirok etish istagida bo`lganlar seminar so`rovnomasini to`ldirgan holda 2012 yilning 17-noyabr sanasiga qadar info@mumtozmusiqa.uz manziliga jo`natishlari lozim.

Seminarga tanlab olingan ishtirokchilar 19-noyabr kuni e’lon qilinadi.

Seminar ishtirokchi so`rovnomasi (PDF)
Seminar ishtirokchi so`rovnomasi (Word)


TEZ KUNDA
O`zbekiston xalq artisti
Berta Davidovadan
noyob ijrolar




 
 
 
 
© Husniddin ATO,2003-2008